«Biz giyohvandlikka qarshimiz!» shiori ostida yurish marafoni o‘tkazildi
2026-06-26 17:05:00 / Yangiliklar

26-iyun — Xalqaro giyohvandlik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Guliston shahrida «Biz giyohvandlikka qarshimiz!» shiori ostida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Marafon davomida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish hamda ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.






