Qurbon hayiti arafasida ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi
2026-05-27 23:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-maydagi «Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-196-sonli qaroriga asosan Guliston shahrida keng ko‘lamli xayriya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari amalga oshirildi.
Mazkur qarorga muvofiq, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da ro‘yxatda turgan davlat ta’minotidagi oilalarga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan 835 nafar shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.









