Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalar hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar olinmoqda
2026-05-26 16:35:00 / Yangiliklar

Guliston shahrida Qurbon hayiti munosabati bilan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da ro‘yxatda turuvchi ehtiyojmand oilalar, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalar hamda imkoniyati cheklangan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
Mazkur ezgu tashabbus doirasida 835 nafar fuqaroga bayram oldidan mehr va e’tibor ko‘rsatilib, ularning holidan xabar olinmoqda.









