Futbol bo‘yicha «DXX kubogi» musobaqasining Guliston shahri final bosqichi g‘olibi aniqlandi
2026-05-25 22:25:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lida mahalla yoshlari o‘rtasida futbol bo‘yicha «Davlat xavfsizlik xizmati kubogi»ning Guliston shahri bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Shiddatli va keskin lahzalarga boy o‘tgan o‘yinlar yakuniga ko‘ra:
▪️1-o‘rinni - Navbahor mahallasi;
▪️2-o‘rinni - Do‘stlik mahallasi;
▪️3-o‘rinni - Obod yurt mahallasi jamoasi egalladi.
