Guliston shahrida hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-05-21 10:40:00 / Yangiliklar

Bugun, 21-may kuni Guliston shahrining Bog‘ishamol mahallasida shahar hokimi Farrux O‘ktamjonovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda har bir yosh bilan individual ravishda suhbat olib borildi. Ochiq muloqot davomida yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
Jumladan, 10 nafardan ortiq yoshlardan tadbirkorlik va ish bilan band qilish kabi yo'nalishlarda murojaatlar bildirildi. Ularning aksariyatiga shu yerning o'zida yechim topilgan bo'lsa, ijrosi yuzasidan muddat talab etilgan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.









