Guliston shahri hokimining fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-04-17 18:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 17-aprel kuni Guliston shahri xalq qabulxonasida shahar hokimi Farrux O‘ktamjonovning aholi bilan muloqot qilish va shu orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, aholi turmush sharoitini yaxshilash choralarini ko‘rishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda Guliston shahrining barcha mahallalaridan kelgan fuqarolarning dardu-tashvishlari, e’tirozlariga sabab bo‘layotgan har bir masala shahar hokimi va mas'ullar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. Qabul davomida jami 30 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo'lsa, ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi.
Xususan, ishga joylashish, bolalar puli olish, soliq, tadbirkorlik qilish, kadastr, uy-joy va kommunal sohasiga oid masalalar shular jumlasidan. Qo‘shimcha muddat va o‘rganish talab etadigan murojaatlar qisqa fursatda hal etish bo‘yicha mas’ul idora vakillariga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.









