Guliston shahrida hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-04-16 10:35:00 / Yangiliklar

Bugun, 16-aprel kuni Guliston shahri hokimligida shahar hokimi Farrux O'ktamjonovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, har bir yoshning muammo va murojaatlari tinglandi.
Yoshlar tomonidan o‘rtaga tashlangan masalalarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi. Murojaatlarning asosiy qismi ish bilan band qilish, ta’lim olish, tadbirkorlik yo'nalishlarida bo‘ldi. Muddat talab etiladigan murojaatlar shahar hokimi tomonidan nazoratga olinib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.






