Shahar hokimining sport murabbiylari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-04-09 17:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 9-aprel kuni Guliston shahri hokimi Farrux O‘ktamjonovning Guliston shahar sport maktabida sport turlari bo‘yicha trenerlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda sport maktabining hozirgi kundagi faoliyati, erishgan natijalari hamda 2026-yil davomida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Bunda shahar sport maktabi sportchilarining 2026-yildagi kompleks musobaqalarda yuqori natijalarga erishishda trenerlar tomonidan sport mashg‘ulotlar sifatini oshirish, sport mashg‘ulotlariga zarurat bo‘lgan sport jihozlari bilan taʼminlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, shaharda Ommaviy sportni kengaytirish bo‘yicha - Har bir mahallada “Sog‘lom hayot uchun 5 000 qadam”, “Ertalabki badantarbiya”, “Yurish va yugurish”, “Talaba yugur”, “Skandinavcha yurish” kabi ommaviy marafonlarni muntazam o‘tkazish orqali aholini barcha qatlamini ommaviy sportga jalb qilish hamda shaharda intensiv sport turlarini rivojlantirish (yengil atletika, yugurish, sakrash, fitnes, arqon tortish, krosfit) maqsadida shahar mazkur sport turlari bo‘yicha sport bazalarini yana-da kengaytirish bo‘yicha sport trenerlari ishtirokida mulohaza qilindi va takliflar olindi.






