Guliston shahrida hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-04-09 17:20:00 / Yangiliklar

Bugun, 9-aprel kuni Guliston shahrining Istiqlol mahallasida shahar hokimi Farrux O‘ktamjonovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda har bir yosh, har bir murojaatchi bilan individual ravishda suhbat olib borildi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar, ularning taklif va murojaatlari tinglandi, aksariyat murojaatlarga shu yerning o‘zida yechim topildi. Muddat talab etiladigan murojaatlar shahar hokimi tomonidan nazoratga olinib, tegishli mas'ullarga yo‘naltirildi.






