«Biz sohibqiron avlodlarimiz» mavzusida «Zakovat» intellektual o‘yini bo'lib o'tdi
2026-04-02 22:50:00 / Yangiliklar

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash maqsadida Alisher Navoiy nomli Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazida «Biz sohibqiron avlodlarimiz» mavzusida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil qilindi.
Ushbu tadbir Sirdaryo viloyati «Zakovat» intellektual klubi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Sirdaryo viloyati bo‘limi va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar jamoalarga bo‘lingan holda ishtirok etdilar. Savollar Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvi, harbiy yurishlari va tarixdagi o‘rni haqida bo‘ldi.
Ishtirokchilar tezkor fikrlash, jamoaviy ishlash bo'yicha va bilimlarini namoyish etishdi. O‘yin qiziqarli va bellashuv ruhida o‘tdi. Buyuk Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan «Zakovat» intellektual o‘yinida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
▪️1-o‘rin: Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining «IIB» jamoasi;
▪️2-o‘rin: Sirdaryo viloyati Milliy Gvardiyasining «Milliy Gvardiya» jamoasi;
▪️3-o‘rin: Guliston tumani Qorako‘l maktabining «Sarbon 9» jamoasi.
Mazkur jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.







