Guliston shahrida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi
2026-04-02 21:35:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 2-aprel kuni Guliston shahrida joylashgan 6-umumta’lim maktabida Guliston shahri hokimining birinchi o‘rinbosari G‘ayrat Botirovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Guliston shahri yoshlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari o‘rganildi. Shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish borasida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.






