Guliston— Guanchjou: hududlararo hamkorlik yangi bosqichda
2026-04-02 21:30:00 / Yangiliklar

Bugun Guliston shahri delegatsiyasi va Guanchjou shaharlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda asosiy e’tibor hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga qaratildi. Tomonlar sanoat, savdo va innovatsion sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
Tomonlar, shuningdek, ta’lim, tibbiyot, qurilish va tekstil yo‘nalishlarida ham hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Umuman olganda, tashrif amaliy natijalarga yo‘naltirilgan bo‘lib, Guliston shahrini investitsion salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.




