Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida profilaktik tadbirlar amalga oshirildi
2026-03-31 19:15:00 / Yangiliklar

Jumladan, yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning asosiy xavf omillari — noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikning pastligi, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish, ortiqcha vazn, stress hamda arterial bosimning oshishi kabi holatlar yuzasidan aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Unda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish hamda tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ushbu targ‘ibot ishlari natijasida aholining sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani kuzatilmoqda.






