Guliston shahrida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi
2026-03-26 15:15:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 26-mart kuni Guliston shahrida joylashgan 6-umumta’lim maktabida Guliston shahri hokimi Farrux O‘ktamjonovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Guliston shahri yoshlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari o‘rganildi. Shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish borasida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.






