Sog‘lom hayot – yorqin kelajak garovi!
2026-03-25 22:05:00 / Yangiliklar

“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz, biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida Guliston shahar Istirohat bog‘ida ommaviy yugurish marafoni yuqori saviyada tashkil etildi.
Erta tongdan boshlangan ushbu sport tadbirida 500 nafarga yaqin umumta’lim maktabi o‘quvchilari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. Marafon davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli illatlarga qarshi kurashish va jismoniy faollikni oshirish g‘oyalarini keng yoydilar.
🏆 G‘oliblari bilan tanishing:
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida (yigitlar):
🥇Odil Sanginov
🥈Og‘abek Olimjonov
🥉Behruz Husanov
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida (qizlar):
🥇Ruxshona Rayimqulova
🥈Shaxruza Abdujalilova
🥉Zebuzar Tog‘ayeva
Talabalar o‘rtasida (yigitlar):
🥇Mirjalol Mirzaqulov
🥈Yunus Bekmurodov
🥉Jamshid Mamayev
Talabalar o‘rtasida (qizlar):
🥇Xilola Ortiqboyeva
🥈Saida Tog‘ayeva
🥉Mashxura G‘aniyeva
🎁 G‘olib tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.







