Bir guruh fidoyi xotin-qizlar faollari rag‘batlantirildi
2026-02-04 18:15:00 / Yangiliklar

Guliston shahar IIB bo‘limi hamda shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida shahar mahallalarida faoliyat yuritayotgan fidoyi xotin-qizlar faollari rag‘batlantirildi.
Guliston shahri hokimligida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda jamiyatda xotin-qizlar faolligini oshirish, oilaviy muammolarning oldini olish, profilaktik ishlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan mahalla xotin-qizlar faollarining mehnati munosib e’tirof etildi.
Faollar o‘zlarining tashabbuskorligi, jonkuyarligi va jamoat ishlaridagi namunaviy faoliyati uchun tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu tadbir xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada oshirishga qaratilgan muhim qadam sifatida ahamiyat kasb etdi.
Guliston shahri oila va xotin-qizlar bo‘limi








