Munosabat
2025-12-26 21:35:00 / Yangiliklar

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlisga qilingan Murojaatnomalarida kasbiy ta’limni isloh qilish, ayniqsa, texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar yoshlar kelajagi uchun beqiyos ahamiyatga ega.
Yoshlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan, zamonaviy va raqobatbardosh kasblar egallashi uchun texnikumlarda moddiy-texnik baza mustahkamlanishi, ilg‘or xorijiy tajribalar joriy etilishi muhim qadamdir. Har yili yuzlab texnikumlarni to‘liq ta’mirlash va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash orqali ta’lim sifati yangi bosqichga ko‘tariladi.
Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hamda «Kasblar shaharchasi» loyihalarining yo‘lga qo‘yilishi esa yoshlarni ertadan kasbga yo‘naltirish, ularning qobiliyatini aniqlash va kelajak kasbini ongli tanlashiga xizmat qiladi. Bu tizim hududlarda malakali kadrlar tayyorlash, yoshlar bandligini ta’minlash va ishlab chiqarish bilan ta’lim o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatishga zamin yaratadi.
Yoshlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari sifatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, har bir yoshning bilim olishi, kasb egallashi va o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etamiz. Ishonch bilan aytamizki, ushbu islohotlar natijasida yoshlarimiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi.
Dilmurod Toshboyev
Guliston shahri hokimining o'rinbosari.
