RASMIY MUNOSABAT
2025-10-07 17:05:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati Gʻallaorol tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tuman hududida elektr ta’minotini yaxshilash, aholini barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida keng qamrovli ishlar izchil ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Joriy yilda PQ-330-sonli Qaror asosida Buloqboshi mahallasi hududida quyidagi yirik ishlar amalga oshirildi:
2 ta 160 kVA quvvatga ega yangi transformator o‘rnatildi;
374 dona temir-beton tayanch ustunlar o‘rnatildi;
11 km 400 metr uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari tortildi.
Hozirgi paytda ushbu hududda ishlar davom ettirilmoqda. Jumladan, 8 dona temir-beton tayanch ustuni olib kelinib, ularni o‘rnatish hamda yangi avlod izolyasiyalangan SIP turdagi elektr uzatish kabellarini tortish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ushbu ishlar aholining hayot sifati va qulayligini oshirish, mavjud infratuzilmani yangilash, shuningdek, elektr ta’minotidagi texnik nosozliklar va uzilishlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Gʻallaorol tuman elektr ta’minoti korxonasi jamoasi olib borilayotgan ishlar davomida yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi va barcha harakatlar fuqarolar manfaati yo‘lida amalga oshirilayotganini ma’lum qiladi.
