“YANGI O‘ZBEKISTON” MASSIVLARINI QURISH VA HUDUDLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘GʻRISIDA 32-SON O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
2025-10-07 17:35:00 / Yangiliklar

Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida manzilli ro‘yxati tasdiqlansin.
Prezidentimiz topshirig‘iga asosan Jizzaximizda “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilmoqda. Loyihalarni amalga oshirishda ishbilarmonlar va tadbirkorlar hamkorlikka taklif etildi.
“Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurilayotgan uy-joylar uchun barcha muhandislik tarmoqlari (markazlashgan issiqlik, ichimlik suvi, oqova tarmoqlar, elektr ta’minoti) yashil hududlar, ijtimoiy soha (maktab, bog‘cha, shifoxona) obyektlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlar mazkur yer uchastkalarini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotib olishlari va uy-joy qurishlari mumkin. Sotib olingan yer uchun mablag‘larni muddatli bo‘lib to‘lash imkoni mavjud.
Muxammad Ali Anarboyev,
“Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ
Jizzax viloyati hududiy vakili
