Gʻallaorol tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Jalolov Asliddin Muhiddinovichning kreminogen vaziyat yuzasidan tumanimiz halqiga MUROJAATI
2025-10-03 17:00:00 / Yangiliklar

Assalomu Alaykum aziz Gʻallaorolliklar, so‘ngi paytda yurtimizda va ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan isloxatlarning birgina maqsadi xalqimizga yaqindan xizmat ko‘rsatish va rozi qilishga qaratildi. Bu borada muhtaram yurtboshimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish oid qabul qilingan qaror va farmonlari ayni masalaning qanchalik muhim ekanligidan dalolat beradi.
So‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich rahbarligida “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi asosida hududlarni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish, aholi yashash sharoitlari hamda mahallalar qiyofasini tubdan yaxshilash, aholining muammolarni tezkorlik bilan hal etish, bir so‘z bilan aytganda xalqni rozi qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, tumanimizning tegishli idora va tashkilotlari hamda xalqimiz bilan birgalikda barcha sohalarda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar natijasida tumanimizda o‘tgan 9 oy davomida qotillik, bosqinchilik, tuxmat, qilish jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, nomusga tegish 2 tadan 1 taga, firibgarlik 16 tadan 11 taga, oilaviy zo‘ravonlik 2 tadan 1 taga, o‘rtacha og‘ir tan jaroxati yetkazish 3 tadan 2 taga sodir etilishi kamayishiga erishilgan.
Biroq, belgilangan chora-tadlbirlar samarali tashkil etilmaganligi oqibatida tuman xududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan o‘g‘irlik jinoyati 6 tadan 11 taga, bezorilik jinoyati 1 taga, alment to‘lashdan bo‘yin tovlash 1 tadan 2 taga, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-ulov xodisasi 11 tadan 16 taga, o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l-ulov xodisalari 12 tadan 15 taga oshib ketishiga yo‘l qo‘yilgan.
Shuningdek, yaratib berilgan imkoniyatlarga qaramasdan ayrim shaxslar noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish, fuqarolarni aldash va boshqa vositalar orqali ularning mol-mulkini egallashga urinishmoqda. Ayniqsa, internet tarmog‘idan foydalangan holda fuqarolarga har hil turdagi ta’sir o‘tkazish orqali hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini egallash holatlari ko‘plab uchramoqda.
Bundan tashqari, ayrim fuqarolarimizning beparvoligi oqibatida o‘zlariga tegishli mol–mulklar, texnika vositalari, chorva mollari yoki uy atroflarini qarovsiz qoldirgani oqibatida o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishiga imkoniyat yaratib berayotgani ham ayni haqiqat. Buning oqibatini 11 ta o‘g‘rilik jinoyatlari qayd etilganidan ko‘rishimiz mumkin.
Fuqaro xonadonlari va savdo nuqtalarida sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinganda qo‘riqlash xizmatidan oqilona foydalanilmayotganligimizdan kelib chiqmoqda.
Men shu fursatdan foydalanib xonadon va mol-mulkingizni asrashingizni, qarovsiz va nazoratsiz qoldirmasligingizni ularni qo‘rishlash tizimiga ulash orqali xavfsiz muxitni ta’minlashingizni va doimo ogoh bo‘lishingizni so‘rab qolaman.
Yana bir muxim masala yuzasidan Sizlaring e’tiboringizni tortmoqchiman,bugungi kunda yosh avlodni ma’naviy va barkamol qilib tarbiyalash yurtimiz tomonidan birinchi g‘oya sifatida ilgari surilmoqda. Shunga qaramay ayrim yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va xatto jinoyatlar tumanimiz ma’sullarni jiddiy tashvishga solmoqda. Bu borada oila, maxalla va ta’lim muassasalarining ma’suliyatini oshirish kerakligini ko‘rsatadi.
Shuni inobatga olib Siz azizlardan yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish uchun har bir ota-ona farzandining ta’lim tarbiya olishi, nazoratsiz va qarovsiz qoldirmaslik, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotganligi bilan qiziqib borishi shart. Hurmatli yurtdoshlar biz farzanlarimizni bunday illatlardan saqlab qolishimiz lozim. Buning uchun biz farzanlarimizni halolik, ezgulik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalasak, jinoyatchilik illatlaridan saqlab qolishimiz mumkin.
Hurmatli yurtdoshlarsodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishda barcha jamiyat qatlamining xamkorligi juda muhim. Bu ishlarni amalga oshirishda keng jamoatchilik va fuqarolarimizga tayanamiz bu kabi xayrli ishga barchangizni chorlab qolaman.
JALOLOV ASLIDDIN MUXIDDINOVICh
G‘allaorol tumani IIB boshlig‘i
