GALLAOROL TUMANI HOKIMLIGI TOMONIDAN QONUNCHILIK HUJJATLARI VA TOPSHIRIQLAR IJROSINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN JAMOATCHILIKKA HISOBOT
2025-12-24 16:50:00 / Yangiliklar

Ochiqlik va shaffoflik davr talabi ekan, har bir davlat organi hamda tashkiloti keng jamoatchilik oldida hisobot berishi lozim.
G'allaorol tumani hokimligi xalq oldidagi mas’uliyat va hisobdorlik tuyg‘usini to‘liq anglagan holda har oy o‘z faoliyatida ijro intizomi to‘g‘risidagi hisobotini jamoatchilik e’tiboriga havola etadi.
Tuman hokimligiga 2025-yilning dekabr oyi yakuniga qadar “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish hamda yig‘ilish bayonlarida jami 4 675 ta topshiriq tuman hokimligiga ijro uchun kelib tushgan. Shundan, bugungi kunda ijro muddati yakunlangan 3 929 ta topshiriqlarning ijrosi to‘liq va sifatli bajarilgan, qolgan 746 ta topshiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini barvaqt va sifatli ta’minlash choralari ko‘rilgan.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-468-son qaroridagi 116 ta topshiriq tuman hokimligiga ijroga qaratilgan. Hozirgi kunda mazkur 116 ta topshiriqdan 70 tasining to‘liq va sifatli bajarilgan, qolgan 46 ta topshiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini barvaqt va sifatli ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat hokimining joriy yilda bajarish zarur bo‘lgan jami 233 ta topshiriqlari tuman hokimligiga ijro uchun kelib tushgan. Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kunbay kalendar grafik ishlab chiqildi. Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosarlari kesimida “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilib, tuman hokimi tomonidan tasdiqlandi hamda ijroga qaratildi;
mas’ul xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish uchun yil boshidan bugungi kunga qadar Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, Farmoyish va topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagan hamda mas’uliyatsizligi oqibatida topshiriq ijrosini kechiktirilishiga sababchi bo‘lgan 3 nafar rahbar va xodimlarga nisbatan qat’iy intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Shu bilan birgalikda 2 nafar mas’ullarga tegishli tartibda ogohlantirish berildi.
“Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari tuman hokimligi tomonidan belgilangan muddatlarda va puxta bajarilishini ta’minlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Ijro intizomini kuchaytirish maqsadida haftaning har dushanba kunlari G`allaorol tumani hokimi rahbarligida, haftaning har juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilinib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qat’iy nazorat qilinmoqda.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash barcha rahbarlarning eng muhim va birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tuman hokimi rahbarligida topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi, mustahkam ijro intizomiga amal qilinishi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.
G‘allaorol tumani hokimligi
