“Mutolaa” loyihasining premium versiyasiga to‘liq obuna bo‘lishi tashkil etildi
2026-05-22 19:15:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, bugun Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda vazirlik markaziy apparati shaxsiy tarkibi “Mutolaa” loyihasining premium versiyasiga to‘liq obuna bo‘lishi tashkil etildi.
Bu esa o‘z navbatida, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning badiiy adabiyotlar mutolaasi uchun qulay shart-sharoit yaratish, ularning intellektual salohiyatini oshirish, shuningdek, eng namunali va faol kitobxonlarni aniqlash va munosib rag‘batlantirib borishning shaffof tizimini yaratishga xizmat qiladi.




