Navoiy viloyatida “Quvnoqlar va zukkolar – 2026” ko‘rik-tanlovining navbatdagi hududiy bosqichi o‘tkazildi
2026-05-22 18:30:00 / Yangiliklar

Bugun, 22-may kuni FVV tizimidagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida Navoiy shahrida “Quvnoqlar va zukkolar – 2026” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari FVBda xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar hamda xizmatchilar ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🔹 1-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Nukus yoshlari” jamoasi;
🔹 2-o‘rinni Samarqand viloyatining “Afrosiyob” jamoasi;
🔹 3-o‘rinni Qashqadaryo viloyatining “Temurbeklar” jamoasi egalladi.
Yakunda g‘olib jamoalar diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.






