Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bosh boshqarmalari, boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarida "Maʼnaviy yuksalish va Vatanparvarlik kuni" munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtdi.
2026-05-22 18:05:00 / Yangiliklar

Tadbirlar doirasida shaxsiy tarkib oʻrtasida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini mustahkamlash maqsadida uchrashuvlar, suhbatlar, teatrlarga tashriflar, kitobxonlik hamda boshqa bir qator maʼnaviy-maʼrifiy mashgʻulotlar tashkil etildi.
Albatta, bu kabi tadbirlar harbiy xizmatchilarning maʼnaviyati va dunyoqarashini kengaytirishga, ularni vatanparvar, fidoyi, sadoqatli, halol inson, xalqimizning chinakam himoyachisi boʻlib shakllanishiga xizmat qilmoqda.






