XORAZMLIK QUTQARUVCHI PROFESSIONAL RINGDA YANA G‘ALABA QOZONDI!
2026-11-23 10:25:00 / Yangiliklar

Toshkent shahridagi «Jar» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida AAA Promotion ligasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqada Xorazm viloyati FVB Xiva shahar Maxsus qutqaruv otryadi qutqaruvchisi, oddiy askar Qo‘ziboyev Ahmadjon professional boksdagi 7-jangini o‘tkazib, raqibini muddatidan oldin texnik nokaut (TKO) evaziga mag‘lubiyatga uchratdi!
Bu g‘alaba — mashaqqatli mehnat, qat’iyat va kuchli irodaning yorqin namunasidir.
Ahmadjonni navbatdagi g‘alaba bilan muborakbod etamiz! Kelgusi janglarda ham omad va zafarlar yor bo‘lsin!

