URGANÇ INNOVATSION UNIVERSITETIDA PROFILAKTIK DAVRA SUHBATI TAŞKIL ETILDI
2026-11-24 15:15:00 / Yangiliklar

Bugun Urganç innovatsion universitetida talaba-yoşlar va professor-öqituvçilar xavfsizligini taʼminlaş maqsadida "Kuz-qiş mavsumida favqulodda holatlar, yonğinlar hamda is gazidan zaharlanişning oldini oliş" mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi FVV masʼul xodimi, kapitan I.Raximjonov, Xorazm viloyati FVB bölim boşliği, podpolkovnik D.Rajabov, Urganç şahar FVB boşliği örinbosari, kapitan Y.Şamambetov, "Hududgaz Xorazm" gaz taʼminoti filiali masʼul xodimlari, şuningdek, universitet profilaktika inspektori, mayor M.Berdiyevlar iştirok etdi.
Uçraşuv davomida mutaxassislar tomonidan quyidagi muhim masalalarga alohida töxtalib ötildi:
⏺Isitiş peçlari xavfsizligi: Nosoz va qölbola isitiş moslamalaridan foydalanmaslik, dudburonlarning sozligini muntazam tekşirib turiş;
⏺Is gazidan zaharlanişning oldini oliş: Xonalarni şamollatiş qoidalari, is gazi sizib çiqişini aniqlash va birinçi yordam körsatiş tartibi;
⏺Elektr va gaz jihozlaridan töğri foydalaniş: Elektr tarmoqlariga ortiqça yuklama tuşirmaslik hamda gaz uskunalarini qarovsiz qoldirmaslik;
⏺Favqulodda vaziyatlarda harakatlaniş: Yonğin yoki boşqa köngilsiz holatlar yuz berganda vahimaga tuşmasdan töğri harakatlaniş va qutqaruv xizmatlariga tezkor xabar beriş.
Tadbir yakunida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar hamda mavzuga oid eslatma va tarqatma materiallar tarqatildi.









