TALABALAR BILAN OÇIQ MULOQOT: XAVFSIZLIK — HAR BIRIMIZ UÇUN MUHIM!
2026-11-21 17:50:00 / Yangiliklar

Kuz-qiş mavsumida aholi, ayniqsa, yoşlar va talabalar örtasida yonğin xavfsizligi hamda is gazidan zaharlanişning oldini oliş borasida tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu maqsadda, “Energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş oyligi” doirasida Urganç davlat universitetida talabalar bilan oçiq muloqot taşkil etildi.
Unda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği, polkovnik Ilyos Matçanov iştirok etib, talaba-yoşlar bilan mavsumiy xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almaşdi.
Muloqot davomida, ayniqsa, talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida gaz hamda elektr jihozlaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etiş zarurligi ta’kidlandi. Isitiş moslamalarining texnik sozligini muntazam tekşirib boriş, gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmaslik, mörilarning tozaligi va şamollatiş tizimining töğri işlaşiga e’tibor qaratiş lozimligi tuşuntirildi.
Şuningdek, yonğin sodir bölganda va is gazidan zaharlaniş xavfi yuzaga kelganda qanday harakat qiliş, bunday noxuş holatlarning oldini oliş böyiça hayotiy misollar asosida zarur tavsiyalar berildi.
Oçiq muloqot samimiy va interaktiv ruhda, savol-javoblar bilan davom etdi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olib, kundalik hayotda zarur böladigan foydali bilim va könikmalarga ega böldilar.
Zero, xavfsizlik qoidalariga amal qiliş — şunçaki talab emas, balki inson hayoti va salomatligini asraşning eng muhim şartidir!






