QÖMONDONLIK-ŞTAB ÖQUV MAŞQLARI YAKUNLANDI
2026-11-18 19:00:00 / Yangiliklar

Bugun öquv maşqlari yakunlari yuzasidan tuman hokimligida yiğiliş bölib ötdi. Unda tuman Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bunday vaziyatlarda harakat qiliş davlat quyi tizimining faoliyati, maşqlar davomida amalga oşirilgan harakatlar hamda erişilgan natijalar muhokama qilindi.
Şuningdek, öquv maşqlari davomida aniqlangan kamçilik va muammolar atrofliça tahlil qilinib, kelgusida ularning oldini oliş, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini yanada oşiriş yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Tadbirlar davomida faol iştirok etgan korxona va taşkilotlar xodimlari Xorazm viloyati FVB rahbariyati hamda tuman hokimligining taşakkurnomalari va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Öquv maşqlarining asosiy maqsadi — favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi harakatlarni muvofiqlaştiriş, tezkorlik va tayyorgarlik darajasini oşiriş hamda aholi xavfsizligini ta’minlaşdan iborat.








