⚖️ “PAYŞANBA — HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI” DOIRASIDA DAVRA SUHBATI ÖTKAZILDI
2026-11-12 11:00:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasida “Payşanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida şaxsiy tarkib iştirokida davra suhbati taşkil etildi.
🗣 Tadbir davomida viloyat Adliya boşqarmasining mas’ul xodimi tomonidan “Huquqiy madaniyatni yuksaltiriş — korrupsiyadan tiyilişning muhim şartidir” mavzusida batafsil ma’lumot berildi.
Suhbat davomida xodimlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, qonuniylik va xizmat intizomiga rioya etiş, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda har qanday korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almaşilib, iştirokçilarning savollariga tegişli javoblar berildi.






