KORRUPSIYA VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI
2026-10-29 11:30:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida korrupsiya va boshqa turdagi jinoyatchilikning oldini olish, shaxsiy tarkib o‘rtasida qonunchilikka hurmat hamda xizmat intizomini mustahkamlash maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Urganch harbiy prokuraturasining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
🔹 Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish hamda xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
💻 Mazkur tadbir Zoom platformasi orqali onlayn shaklda tashkil etilib, unda Xorazm viloyati FVB shaxsiy tarkibi hamda barcha shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.




