BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK O‘QUV KURSLARI DAVOM ETMOQDA
2026-10-25 09:00:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida shaxsiy tarkib uchun tashkil etilgan boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv kurslari izchil davom etmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, amaliy tayyorgarligini oshirish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilish malakasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.









