ISITISH MAVSUMINI XAVFSIZ BOSHLAYLIK!
2026-10-24 10:00:00 / Yangiliklar

“Isitish mavsumini xavfsiz boshlaylik” oyligi doirasida Xorazm viloyati mahallalarida aholi xonadonlarida xonadonbay profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida isitish qozonlari va dudbo‘ronlarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, ularni mavsumga tayyorlash hamda o‘z vaqtida tozalash choralariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘rganishlar davomida ayrim xonadonlarning dudbo‘ronlarida yoz mavsumida qushlar in qurgani va ular o‘z vaqtida tozalanmagani aniqlandi. Xonadon egalariga bunday holatlar is gazidan zaharlanish va boshqa baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkinligi tushuntirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilib, dudbo‘ronlar ishchi holatga keltirildi.
⚠️ Unutmang! Isitish mavsumi boshlanishidan avval isitish moslamalari va dudbo‘ronlarni tekshirish, ularni toza va soz holatda saqlash — siz va yaqinlaringiz hayoti xavfsizligining muhim garovidir.
#XorazmFVB #IsitishMavsumi #IsGazidanEhtiyotBo‘ling #Xavfsizlik









