ISITISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — XAVFSIZLIK GAROVI!
2026-10-23 16:00:00 / Yangiliklar

Xiva shahar va tumani bo‘ylab “Isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish” oyligi doirasida aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlarida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, mo‘rilarni tozalash, elektr va gaz jihozlarining sozligi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, fuqarolar va mas’ul xodimlarga isitish mavsumini xavfsiz o‘tkazish, yong‘in hamda boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berilib, zarur tavsiyalar yetkazilmoqda.
Unutmang! Isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, mo‘rilarni o‘z vaqtida tozalash va xavfsizlik qoidalariga amal qilish — hayotingiz va mol-mulkingizni asrashning muhim shartidir.









