“AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH HAFTALIGI”: XORAZMDA AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILMOQDA
2026-10-21 10:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 19–26-oktyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” o‘tkazilmoqda. Haftalik doirasida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ta’lim muassasalarida aholi, xususan, yoshlarning zilzilaga tayyorgarligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi o‘quvchilarga zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalarini o‘rgatish, favqulodda vaziyatlarda sarosimaga tushmaslik, xavfsiz joyni tanlash hamda o‘z hayoti va atrofdagilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.









