KASBIM — QUTQARUVCHI, TILIM — O‘ZBEK TILI!
2026-10-19 11:30:00 / Yangiliklar
#chellenj

21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Kasbim — qutqaruvchi, tilim — o‘zbek tili!” foto chellenjiga start beriladi!
Ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromimizni suratlar orqali namoyon etamiz!
📸 Siz ham chellenjda ishtirok eting, o‘zbek tiliga bo‘lgan mehringizni ifoda eting va tashabbusni hamkasblaringizga ulashing!
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz!









