21-OKTYABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI
2026-10-16 10:50:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadigan oynayi hayoti — til va adabiyotidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti v.b. Asqarova Zulayxo Yangiboyevna ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ma’ruza davomida ona tilining millat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, o‘zbek tilining boy tarixi, adabiyotimizning ma’naviy merosimizni asrab-avaylashdagi o‘rni hamda davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir ishtirokchilari ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash va kelajak avlodga yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz ekanini yana bir bor ta’kidladilar.





