13-OKTABR — XALQARO TABIIY OFATLAR XAVFINI KAMAYTIRISH KUNI
2026-10-13 16:00:00 / Yangiliklar
📍 Xavfsizlik va ogohlik — ofatlar xavfini kamaytirishning muhim omili!

13-oktabr — Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi tomonidan Urganch davlat tibbiyot institutida seminar tashkil etildi. 🌍 Seminar davomida tabiiy ofatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.









