📚 “YOSH KITOBXON” KO‘RIK-TANLOVI — RESPUBLIKA BOSQICHI YAKUNLANDI!
2026-10-02 14:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi. Mazkur tanlov yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirish hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Tanlovning respublika bosqichida ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, “Yosh kitobxon” nomi uchun bellashdilar.
🥇 1-o‘rin — Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursanti Ahadov Jon-Muhammad Komiljon o‘g‘li;
🥈 2-o‘rin — Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi, katta leytenant Polvanov Dilshod Polvannazir o‘g‘li;
🥉 3-o‘rin — Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xizmatchisi Ismailov Doston Arslon o‘g‘li.
G‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi xizmat faoliyati va ijodiy-ma’rifiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.









