1-OKTYABR — O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI
2026-09-30 15:00:00 / Yangiliklar

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan sohada uzoq yillar samarali xizmat qilgan faxriylar holidan xabar olindi.
Tashrif davomida yillar davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, aholi xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriylarning hayot yo‘li, boy tajribasi va sohaga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.
Faxriylar bilan samimiy suhbatlashilib, ularga 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ezgu tilaklar bildirildi hamda sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va uzoq umr tilandi.
Zero, ustoz va murabbiylarning ko‘p yillik tajribasi, hayotiy saboqlari va ibratli faoliyati yosh avlod, xususan, soha xodimlari uchun muhim maktabdir.








