1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
2026-09-30 12:00:00 / Yangiliklar

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda soha faxriylari, ustoz va murabbiylar, boshqarma harbiy xizmatchilari hamda qutqaruvchilar ishtirok etdi.
Tadbirda sohada ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilgan, yosh avlodga o‘zining boy tajribasi va bilimlarini o‘rgatib kelayotgan ustoz va murabbiylarning fidokorona faoliyati alohida e’tirof etildi.
Bayram tadbiri davomida bir guruh xodimlar esdalik sovg‘alari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Faxriy yorliqlari hamda ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, tizimda uzoq yillar davomida sharaf bilan xizmat qilgan harbiy xizmatchilarni munosib nafaqaga kuzatish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda soha faxriylariga ko‘rsatilayotgan hurmat va e’tibor, ularning ko‘p yillik xizmatlari yosh avlod uchun ibrat maktabi ekani ta’kidlandi.
Bayram tadbiri samimiy tilaklar, ezgu niyatlar va ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.









