YONG‘INDAN OGOHLIK — UMUMMILLIY KAMPANIYASI
2026-09-29 09:55:00 / Yangiliklar

“Yong‘indan ogohlik — umummilliy kampaniyasi oyligi” doirasida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan paxta qabul qilish punktlari hamda paxta tozalash zavodlarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tunu kun profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida:
🔹 yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi;
🔹 yong‘in-qutqaruv texnikalarining erkin harakatlanishi;
🔹 yong‘inga qarshi vositalarning sozligi va tayyor holati;
🔹 elektr jihozlari hamda texnologik uskunalardan xavfsiz foydalanish;
🔹 paxta xomashyosini saqlash va qayta ishlash jarayonlarida yong‘inlarning oldini olish holatlari o‘rganilmoqda.
⚠️ Mavsum davomida yong‘inlarning oldini olish, moddiy boyliklarni asrash hamda ishchi-xodimlar xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.









