📑 ELEKTRON HUJJAT AYLANISH BO‘YICHA O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-09-25 11:15:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida shahar va tuman FVB bo‘limlarining yetakchi mutaxassislari hamda qism bo‘linmalari mas’ullari ishtirokida elektron hujjat aylanish tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi.
🔹 Seminar davomida Ijro.fvv.uz, EDO.Ijro.uz, E-XAT hamda cabinetpm2.gov.uz elektron tizimlaridan foydalanish tartibi, hujjatlarni elektron shaklda yuritish va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔹 Shuningdek, ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son, 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmonlari hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
💻 Elektron tizimlarni joriy etish va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
📌 Seminar yakunida elektron hujjat aylanishini yanada takomillashtirish, topshiriqlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda zamonaviy elektron tizimlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.



