Shovot tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
2026-09-24 12:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 24-sentabr kuni Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik U.Tursunbayev tomonidan Shovot tumanining “Shovot” mahallasi binosida fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar, tadbirkorlar hamda yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, muammo va takliflari yuzasidan murojaat qildilar.
Murojaatlarning asosiy qismi joyida o‘rganilib, amaliy yechim topildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi.
Shuningdek, fuqarolarning ayrim murojaatlari yuzasidan shu kunning o‘zida manzillarga chiqilib, holat joyiga borgan holda o‘rganildi hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Sayyor qabulda, ayniqsa, yoshlarning ish bilan ta’minlanish masalasidagi murojaatlari alohida o‘rin tutdi. Ularga mavjud imkoniyatlar, bo‘sh ish o‘rinlari hamda ishga joylashish tartiblari yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Tadbirkorlarning murojaatlari ham ko‘rib chiqilib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Bunday sayyor qabullar fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va murojaatlarni tezkor hal etishga xizmat qilmoqda.









