CHORSHANBA — FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA YONG‘INLAR PROFILAKTIKASI KUNI
2026-09-23 13:05:00 / Yangiliklar

“Chorshanba — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi kuni” doirasida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik U.Tursunbayev tomonidan Xiva shahridagi “Xiva turizm va madaniy meros texnikumi”da o‘quvchi-yoshlar hamda o‘qituvchilar bilan profilaktik-tushuntirish tadbirlari o‘tkazildi.
🔥 Tadbir davomida kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazish, yong‘inlarning oldini olish, isitish moslamalari va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
🏠 Shuningdek, ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan o‘quvchilar bilan ham alohida tushuntirish ishlari olib borilib, xonadonlarda yong‘in va is gazidan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi ta’kidlandi.









