Xorazm viloyatida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
2026-09-22 14:00:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyatida kuz-qish mavsumida energetika sohasi obyektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari polkovnik N.B.Kadirov hamda viloyat hokimi J.R.Raximov boshchiligida o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish shuningdek, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi hamda yong‘in xavfsizligi sohasidagi amaliy tayyorgarlik holati o‘rganilib, mas’ul xodimlarga uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor va samarali harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Xavfsizlikni ta’minlash barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir. Kuz-qish mavsumida fuqarolardan elektr va gaz jihozlaridan foydalanishda belgilangan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, yong‘in xavfini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.









