🚨 DIQQAT, E’LON!
2026-09-21 09:50:00 / Yangiliklar

🗓 22-sentabr kuni Xorazm viloyatida energetika sohasi obyektlarida kuz-qish mavsumida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda yong‘in xavfsizligi sohasidagi tayyorgarlik holatini o‘rganish, uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkaziladi.
🔹 Mashg‘ulotlar davomida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda kuch va vositalarning hamkorlikdagi harakatlari, tezkor boshqaruv, aholini o‘z vaqtida ogohlantirish hamda shartli avariya va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkaziladi.
🔹 O‘quv mashqlariga tegishli xizmatlar va hamkor tashkilotlar jalb etilib, ularning o‘zaro hamkorligi hamda mavjud kuch va vositalarning shayligi tekshiriladi.
⚠️ Fuqarolardan mashg‘ulotlar jarayonini ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilmaslik, asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘raladi.
