HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI
2026-09-17 10:00:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida “Turmushda va kundalik faoliyatda gaz uskunalari hamda isitish jihozlaridan xavfsiz foydalanish” hamda “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligiga salbiy ta’siri” mavzularida xodimlarga tegishli tushunchalar berildi.
Suhbatlar davomida kundalik hayotda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, gaz va isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, zararli illatlarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar bildirildi.









