XIZMAT INTIZOMI VA MAS’ULIYAT — ASOSIY VAZIFA
2026-08-23 09:00:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligining mas’ul xodimlari hamda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik I. Matchanov boshchiligida shaxsiy tarkib ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlari Zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.
Unda xizmat intizomi va qonuniylikka qat’iy rioya qilish, ta’magirlik va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xodimlarning xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi, fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq qoidalariga amal qilishi zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida Mustaqilligimizning 35 yilligi bayram tadbirlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.








