YUKSAK E’TIROF — MUNOSIB MUKOFOT!
2026-08-22 18:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi guruh komandiri Kolandarov Furqot Farxodovich davlat mukofoti — “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Furqot Farxodovichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!
El-yurt osoyishtaligi va xavfsizligi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
