🔥 “DOLZARB 60 KUN” — XAVFSIZLIK YO‘LIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA!
2026-08-21 13:00:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyat hududida joylashgan yirik ishlab chiqarish korxonalarida yong‘in va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, xodimlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida korxonalardagi yong‘in xavfsizligi holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.
🎯 Maqsad — ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish!



